TTA litsey zalida 04.01.2025 y.kuni bo‘lib o‘tgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi seminarni 1-son Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi xodimlari orasida o‘tkazilgan tashviqot tadbiri

Tadbirni kafedra mudiri, t.f.d. X.T. Miraxmedova olib bordilar va tadbirni o‘zlarining shu so‘zlari bilan boshladilar. Jumladan: Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa talaba yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladilar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida «Jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublaridan foydalinib kelinmoqda. O‘qitayotgan talaba yoshlarimizni ona Vatanga muxabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning diniga sadoqat ruhida tarbiyalash zarurligi, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz muhimligini ta’kidladi. Shu maqsadda hozirgi kunda islom dinining insonparvarlik va ma’rifatparvarlik jihatlari targ‘ib qilish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida turli oqimlarga qarshi xalqimiz ayniqsa yoshlarimiz ongida immunitet shakllantirish uchun targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlarini rejalashtirilganligi bundan faqatgina profesor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida ma’naviy mutihni sog‘lomlashtirish, yoshlarimizning ongu tafakkurida

“Ommaviy madaniyat”ga, turli yot g‘oyalarga, milliy ma’naviyatimizga zid keluvchi salbiy  xolatlarga qarshi immunitet xosil qilish, ularni faqat ezgulikka, Vatanni sevishga chorlash ekanligini gapirib o‘tdi. Kafedramiz professor-o‘qituvchilari va murabbiylari auditoriyalarda talabalarimizning ongidagi bo‘shliqni yaxshilik, ezgulik, vatanparvarlik, halollik, rostguylik kabi fazilatlar bilan to‘ldirishlari lozimligini uqtirdilar.

Talaba yoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 mart oyidagi № 88 buyrug‘i bilan tanishtirib chiqish va shu buyruqda qo‘yilgan talablarni talabalardan bajarishligini talab qilish kerakligini gapirib o‘tdilar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.