TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINING 1-SON ISHKI KASALLIKLAR PROPEDEVTIKASI KAFEDRASIDA
O‘TKAZILGAN TIBBIYOT OLIYGOHLARI TALABALARI O‘RTASIDA: «ICHKI KASALLIKLAR: TASHXISDAN DAVOLASHGACHA» MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
Rais: Miraxmedova Xilola To’xtasinovna- 1-son ishki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, t.f.d.
Moderator: Mirzalieva Anora Arginbaevna – 1-son ishki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi assistenti
Texnik ta’minot boyicha ma’sul: Abdullaev Ulug’bek Sayfullaevich 1-son ishki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi assistenti
Prezidium
- Miraxmedova Xilola To’xtasinovna – TTA, 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, t.f.d.
- Karimova Gulbaxor Nasibovna – Abu ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universitet iсhki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, t.f.d.
- Nurulina Gusel Ilshatovna- Qozon davlat tibbiyot universiteti, gospital terapiya kafedrasi dotsenti
- Xaytimbetov Jumamurod Shomurodovich – TTA, 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi katta o’qituvchisi
- Dadabaeva Nailiya Akramovna- TTA, 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti, t.f.n.
- Rustamova Mamlakat Tulyabaevna – TTA, 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori
- Tuxtaeva Nigora Xasanovna – TTA, 2-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori, t.f.d.
Konferensiya Toshkent tibbiyot akademiyasi va Abu ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik doirasida tashkil etildi. Dastlab anjumanning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, t.f.d. Miraxmedova Xilola Tuxtasinovnava Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiyishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Azizova Feruza Lyutpillaevna qatnashchilarga tabrik so’zlarini yo’lladilar va konferensiyani e’lon qildilar hamda anjumanning mezonlari bilan tanishtirib o’tdilar. Abu ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti ishki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, t.f.d., Karimova Gulbaxor Nasibovna talabalarga konfensiyada omad tiladilar. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti, Dadabaeva Nailiya Akramovna o’zlarining samimiy tilaklarini ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilariga yo’lladilar va ularga kelgusi ilm yo’llarida zafarlar tiladilar.
Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot instituti, Qozon davlat tibbiyot universiteti, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti talabalari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘z ma’ruzalarini namoyish etdilar. Hammasi bo’lib 15 nafar talaba o’zlarining qiziqarli ma’ruzalari bilan chiqishdi, ular barchani qiyin klinik holatlar va tadqiqotlar bilan qiziqtirdi. Barcha ishtirokchilarni hakamlar hay’ati a’zolari shafofflik bilan tekshirib borishdi.