Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-son ishki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida o‘tkazilgan tibbiyot oliygohlari talabalari o‘rtasida xalqaro “Ichki kasalliklar propedevtikasida zamonaviy yondashuvlar” mavzusida Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan o‘tkazilgan olimpiadasi
Olimpiada Toshkent tibbiyot akademiyasi va Abu ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik doirasida tashkil etildi. Olimpiada 2023 yilning 26 sentabrda soat 10-40 daboshlandi. Uni Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son ishki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri t.f.d., Miraxmedova X.T. kirish so‘zi bilan ochdi. So‘ngra Abu ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti ishki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, t.f.d., Karimova Gulbaxor Nasibovna ham so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad va yutuqlar tiladi.
So‘ngra olimpiada moderatori 1 – s o n ishki kasalliklar propedevtikasi assistenti Mirzalieva A.A. olimpiada topshiriqlari o‘tkazilish tartibi va qoidalari bilan olimpiada qatnashchilariga o‘zbek, rus va ingliz tillarida yana bir bor batafsil ma’lumot berishdi va ularga reglamentga rioya qilishlarini so‘rashdi.