“Ichki kasalliklarning dolzarb muammolari” mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani

“Ichki kasalliklarning dolzarb muammolari” mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani

  1. Muhokama qilinadigan muammolar.
  2. Akademiya, institutlar, ilmiy, jamoat tashkilotlarining ilmiy saloxiyatidan foydalanish, konferensiya samaradorligini oshirish, ichki kasalliklar sohasi innovatsion rivojlanishining istiqbolli yoʻllarini aniqlash.
  3. An’anaviy tabobat usullarining ilmiy jihatdan o‘rganilishi va tasdiqlanishi. Bu usullarning samaradorligini ilmiy asosda tekshirish zaruriyati. Jamoatchilikni an’anaviy tabobat usullari va ularning afzalliklari haqida xabardor qilish. An’anaviy tabobat usullari bo‘yicha maxsus ta’lim dasturlarini tashkil etish.
  4. An’anaviy tabobat bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni zamonaviy bilimlar bilan boyitish. An’anaviy tabobatda ishlatiladigan o‘simlik va tabiiy resurslarning barqarorligi va ekologik xavfsizligini ta’minlash.
  5. Oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni halqaro integratsion jarayonlarda ishtirokini faollashtirish orqali korporativ innovatsion hamkorlikni mustahkamlashni ta’minlashdan iborat.
  6. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini tahlil qilish, baholash va rag‘batlantirish.
  7. O‘tkaziladigan anjumanning xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlik dasturlari bilan bog‘liqligi.

Anjuman iqtidorli yoshlar ishtirokidagi Davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajarilayotgan loyihalar hamda xalqaro ilmiy loyihalar bilan uzviy bog‘liq.

  1. 3. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik. Anjumanda respublikamizdagi oliy ta’lim tizimida tibbiyot oliygohlarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning hamda ilmiy tekshirish institutlarida va tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayitgan shifokor izlanuvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslarini muhokama qilish natijasida ularni ijtimoiy va moliyaviy rag‘batlantirish imkonini beradigan ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi. Shuningdek, anjumanda institutda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning bakalavr diplom va magistrlik dissertatsiya ishlari natijalari tahlil qilindi.
  2. Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.

Mazkur xalqaro anjumanga mahalliy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari bilan bir qatorda  Rossiya Federatsiyasi,  Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan olimlar va professor-o‘qituvchilari ham tashrif buyurdi.

  1. Anjumanni o‘tkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarining ishtiroki.

Anjumanda tibbiyot va ishlab chiqarish tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari va boshqa OO‘YU yetuk olimlari, professor-o‘qituvchilari va iqtidorli yoshlari hamda ilmiy tekshirish institut va markazlari yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

TTAda rejalashtirilgan “Ichki kasalliklarning dolzarb muammolari”   mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani Wyndham mehmonxonasida  16-oktabr kuni soat 10:00da bo’lib o’tdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori F.L.Azizova, va SSV terapiya yunalilishi buyicha bosh mutaxassisi D.A. Raximovilmiy-amaliy anjumanni  ochib berdi.

Uchrashuv davomida Kozogʼiston, Rossiya, Tojikiston, Belarusiyadan  kelgan yetuk mutaxassislar tomonidan terapevtik va revmatik kasalliklari bor bemorlarni erta tashxislash, davolash boʼyicha yangi tavsiyalar, dolzarb maʼlumotlar taqdim etildi. Konferentsiya 1 kun davom etdi. Терапияда замонавия дори восчитталарини qoʼllash istiqbollari xaqidagi yetakchi mutaxassislarning maʼlumotlari katta qiziqish uygʼotdi. Konferentsiya yakunida rezolyutsiya qabul qilindi. Prof. Togizbaevning taklifiga asosan 2026 yil Oʼzbekistonda revmatologlarning Yevroosiyo kongressini oʼtkazish tavsiya etildi. Yaqin va uzoq xorij ichki kasalliklar revmatologlari bilan birgalikda xalqaro xamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.        Anjuman mavzusidan kelib chiqqan holda TTA  professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari, klinik ordinatorlar, magistrlar hamda talaba yoshlari o‘rtasida bir-birlari bilan tajriba almashish maqsadida Rossiya Federatsiyasi,  Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.

Аnjuman davomida ish faoliyati matbuot va internet tarmog‘i orqali uzliksiz yoritilib borildi. Anjumanda mahalliy va xorijiy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari hamda professor-o‘qituvchilari onlayn va oflayn ishtirok etishdi. Anjumanda 150 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi va 18 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi. Barcha anjuman qatnashchilariga sertifikat, dastur, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ishtirokchilar soni*

Ayol ishtirokchilar soni      82

Talaba ishtirokchilar soni  30

40 yoshgacha bo’lgan yosh olimlar soni    80

Xalqaro ishtirokchilar soni     6

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.