Konferensiya Toshkent tibbiyot akademiyasi va O‘sh davlat universiteti bilan hamkorlik doirasida tashkil etildi. Dastlab anjumanning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, t.f.d. Miraxmedova Xilola To‘xtasinovna, Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Azizova Feruza Lyutpillaevna qatnashchilarga tabrik so‘zlarini yo‘lladilar, konferensiyani e’lon qildilar hamda anjumanning mezonlari bilan tanishtirib o‘tdilar. O‘sh davlat universiteti ishki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, t.f.n., Bekeshova Eliza Nasirdinovna talabalarga konfensiyada omad tiladilar. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti, Dadabaeva Nailya Akramovna o‘zlarining samimiy tilaklarini ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilariga yo‘lladilar va ularga kelgusi ilm yo‘llarida zafarlar tiladilar.
O‘sh davlat universiteti talabalari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘z ma’ruzalarini namoyish etdilar. Hammasi bo‘lib 26 nafar talaba o‘zlarining qiziqarli ma’ruzalari bilan chiqishdi, ular barchani qiyin klinik holatlar va tadqiqotlar bilan qiziqtirdi. Barcha ishtirokchilarni hakamlar hay’ati a’zolari shaffoflik bilan tekshirib borishdi.
Xalqaro talabalar konferensiyasi yakunida Miraxmedova Xilola To‘xtasinovna tomonidan g‘oliblar e’lon qilindi, barcha g‘oliblarga hakamlar hay’ati hamda konferensiya raisi tomonidan sertifikatlar, sovg‘alar va tabriklar topshirildi.
Xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli o‘tdi, ishtirokchilar katta tajriba orttirishdi, bilim almashish imkoniga ega bo‘ldilar va o‘z ma’ruzalari bilan bog‘liq bir qator masalalarni muhokama qildilar.