Toshkent tibbiyot akademiyasida Talabalar ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha tanlovning Ichki kasalliklar propedevtikasi fan yo‘nalishi bo‘yicha 1-son Ichki kasalliklar propedevtikasi, 2-son Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedralararo tanlov kamissiyasi 2025-yil 19-mart kuni bo‘lib o‘tdi. Har bir ma‘ruzadan so‘ng savol-javoblar va baxs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Tanlov ko’tarinki ruhda o’tkazildi va sovrinli o‘rinlar va nominatsiyalar tanlov g’oliblariga topshirildi. 1-o’rinlarni Ashurov Saidkamol, Sultonova Sevara, va Amankeldiyeva Karina, 2-o’rinlarni Kalash Dwivedi va Isroilov Aziz, 3-o’rinlarni Tadjidinova Humora, Choriyeva E’zoza , Vakilova Shahriza, va Abduazizova Laziza oldilar. Talabalarning bundan keyingi faoliyatlariga zafarlar tilab qolamiz.