Yurtimizga Navro‘z bayrami yaqinlashar ekan, milliy qadriyatlarimiz yanada yorqin namoyon bo‘lib boradi. Ayniqsa, milliy liboslarimiz bayram shukuhi bilan uyg‘unlashib, go‘zalligimiz va an’analarimizni aks ettiraveradi.
Toshkent tibbiyot akademiyasida ham milliy liboslar targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratilib, 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi jamoasi ushbu jarayonda faol ishtirok etmoqda. Ular milliy liboslarimizni keng ommaga tanitish va qadrlashga undash orqali Navro‘z bayrami ruhini his qilishga hissa qo‘shmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi jamoasi “Milliy liboslarimiz – milliy qadriyatlarimiz bezagi” shiori ostidagi milliy liboslar kunini o‘tkazishdi. Tadbirda kafedramiz xodimlari va talabalar qathashdi.