KALENDAR-TEMATIK REJA
Kafedra: 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi
Fan: Ichki kasalliklar propedevtikasi
Fakultet: 1-son davolash
Kurs: II
Semestr: IV
Fan uchun ajratilgan soat: 120 soat
Ma’ruza: 10 soat
Amaliy mashg‘ulot: 50 soat
Mustaqil ish: 60 soat
MA’RUZALAR
№ | Ma’ruzalar mavzulari | Dars
soatlari |
1 | Kirish. Ichki tibbiyotning rivojlanish tarixi. Terapevtlar milliy maktablari. Ichki kasalliklar propedevtikasi predmetini aniqlash. Maqsad va vazifalar. Semiotika tushunchasi (simptomlar va sindromlar). Tibbiy deontologiya. Bemorlarni klinik tekshirish usullari. | 2 |
2 | O‘pka to‘qimasining zichlashishi, bronxospazm sindromi, o‘pka to‘qimasida havo ortib ketish sindromi, o‘pkada bo‘shliq hosil bo‘lish sindromi, plevra bo‘shlig‘ida havo yoki suyuqlik to‘planishida klinik va fizikal ma’lumotlar. | 2
|
3 | Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarni tekshirish. Yurak tonlari va shovqinlari, organik va funktsional shovqinlar. Asosiy klinik simptomlar va sindromlar: yurak sohasida og‘riq, AG, yurak urib ketishi, hansirash, shishlar. Gipertonik kasallik bilan bemorlarni tekshirish va diagnostikasi, xavf omillari, tasnifi. | 2 |
4 | Ateroskleroz va uning klinik ko’rinishlari. YuIK. Stabil va nostabil stenokardiya. O‘tkir miokard infarkti. Laborator va instrumental diagnostika. | 2 |
5 | EKG haqida tarixiy ma’lumotlar. Biopotentsiallarning kelib chiqishi. EKG tishlari va intervallarining genezi. EKG tarmoqlari. Avtomatizm, qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik funktsiyalarining buzilishi. EKGda stenokardiyalar va miokard infarkti. | 2 |
Jami | 10 |
AMALIY MASHG‘ULOTLAR
№ | Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari | Dars
soatlari |
|
1 | Mashg‘ulot mavzusi | Bemorni tekshirish tartibi. Kasallik tarixi sxemasi. So‘rab-surishtirish: pasport qismi, shikoyatlari (asosiy va qo‘shimcha), hozirgi kasallik tarixi (anamnesis morbi), bemorning hayot tarixi (anamnesis vitae). O‘qituvchi bilan sxema bo‘yicha bemorlarni so‘rab-surishtirish, anamnez yig‘ish. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish. Tana vazni indeksi. Isitma. Isitma turlari. Harorat egri chiziqlari. | 4
|
TMI | Milliy terapevt maktablari. Deontologiya aloqa asoslari. Harorat egri chiziqlari. | 3 | |
Amaliy ko‘nikmalar | Kasallik tarixi sxemasini o‘rganish. | ||
2 | Mashg‘ulot mavzusi | Bemorlarni umumiy ko‘rigi (umumiy ahvoli, xushi, holati, tana tuzilishi, konstitutsiyasi). Tana qismlarini ko‘zdan kechirish: bosh, yuz, quloqlar, ko‘zlar, bo‘yin, teri, shilliq pardalar, teri osti yog‘ qavati, mushaklar, suyaklar, bo‘g‘imlar, limfa tugunlari. O‘qituvchi bilan bemorlarni ko‘rigi. | 4
|
TMI | Tana tuzilishi va konstitutsiyasi | 3 | |
Amaliy ko‘nikmalar | Bemorlarni umumiy ko‘zdan kechirish. | ||
3 | Mashg‘ulot mavzusi | Nafas olish kasalliklari bo‘lgan bemorlarni tekshirish usullari. Asosiy shikoyatlar (yo‘tal, qon tupurish, ko‘krak qafasidagi og‘riq, xansirash, inspirator va ekspirator, bo‘g‘ilish), kasallik va hayot tarixi. Nafas olish turi, ritmi, chuqurligi va soni. Ko‘krak qafasini ko‘zdan kechirish va palpatsiya qilish. Og‘riqli nuqtalar, ko‘krak qafasining elastikligi, ovoz dirillashi. Bemorlarni ko‘zdan kechirish va kasallik tarixning bir qismini yozish. | 4
|
TMI | Nafas olish tizimining anatomik va fiziologik xususiyatlari. Norma va patologiyada nafas olish. | 3 | |
Amaliy ko‘nikmalar | TVI ni aniqlashni o‘rganish. Umumiy ko‘zdan kechirish va qismlar bo‘yicha ko‘zdan kechirish. | ||
4 | Mashg‘ulot mavzusi | O‘pka perkussiyasi. Norma va patologiyada taqqoslama va topografik perkussiya (zichlashish, suyuqlik va havo to‘planishi, bo‘shliq hosil bo‘lishi). Norma va patologiyada o‘pka cho‘qqisi (kengligi, balandligi, Krenig maydoni). Norma va patologiyada o‘pka pekskursiyasi. | 4
|
TMI | Norma va patologiyada o‘pka chegaralari. 10 ta test tuzish. | 3 | |
Amaliy ko‘nikmalar | NOSnini aniqlash. Ko‘krak qafasini ko‘zdan kechirish va palpatsiyasi. Norma va patologiyada ko‘krak qafasining taqqoslama va topografik perkussiyasi texnikasini o‘zlashtirish. | ||
5 | Mashg‘ulot mavzusi | O‘pka auskultatsiyasi: asosiy (vezikulyar va bronxial nafas) va qo‘shimcha nafas shovqinlari (quruq va nam xirillashlar, krepitatsiya, plevra ishqalanish shovqini). Diagnostik ahamiyati. | |
TMI | Auskultatsiya usullari. | ||
Amaliy ko‘nikmalar | Norma va patologiyada o‘pka auskultatsiyasi texnikasini o‘zlashtirish. | ||
6 | Mashg‘ulot mavzusi | Bronxo-obstruktiv sindrom. O‘tkir va surunkali bronxit, SO‘OK, bronxial astma, o‘pka emfizemasi bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish va diagnostikasi. Nafas olish tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarni tekshirishning funktsional va instrumental usullari: oksigemometriya, pikfloumetriya, spirometriya. Profilaktika. Davolash printsipi. Bemorlarni o‘qituvchi bilan birgalikda ko‘rigi va muhokama qilish. Bronxoskopiya. Bronxografiya. KT, MRT. Balg‘am, plevra suyuqligi va rentgenogramma tekshiruvlarini tahlil qilish. Nazorat testi. | 4
|
TMI | Norma va patologiyada oksigemometriya va pikfloumetriya ko‘rsatkichlari. Bronxoobstruktiv sindromning rivojlanish xavf omillari. | 3 | |
Amaliy ko‘nikmalar | Nafas tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarni oksigemometriya, pikfloumetriya, rentgen tekshiruvlari, KT, MRT, bronxoskopiya, bronxografiya ma’lumotlarini taxlil qilish. | ||
7 | Mashg‘ulot mavzusi | O‘pka toqimasini zichlashish sindromi. Krupoz va o‘choqli zotiljam bilan kasallangan bemorlarni tekshirish va diagnostikasi. Balg‘amni laborator tekshiruvi. Rentgen tekshiruvi. Davolash printsipi. Profilaktika. Bemorlarni o‘qituvchi bilan birgalikda ko‘rigi va muhokama qilish. | 4
|
TMI | Mavzu bo‘yicha 4 ta vaziyatli masala tuzish. | 3 | |
Amaliy ko‘nikmalar | O‘pka qorayishi bilan bemorlarni so‘rab-surishtirish va ko‘zdan kechirish (krupoz va o‘choqli zotiljam). Balg‘am tahlillarini muhokama qilish. | ||
8 | Mashg‘ulot mavzusi | O‘pkada suyuqlik va havo to‘planishi sindromi. Plevrit bilan bemorlarni tekshirish va diagnostikasi (quruq va ekssudativ). Plevral suyuqlikni tekshirish. Gidrotoraks va pnevmotoraks. O‘pkada bo‘shliq sindromi. Yiringli o‘pka kasalliklari bilan bemorlarni tekshirish va diagnostikasi: bronxoektatik kasallik, o‘pka abssesi. Profilaktika. Davolash printsipi. Bemorlarni o‘qituvchi bilan birgalikda ko‘rigi va muhokama qilish. | 6
|
TMI | Dars mavzusi bo‘yicha taqdimot. Norma va patologiyada plevral suyuqlikni tahlili. | 3 | |
Amaliy ko‘nikmalar | Norma va patologiyada plevral suyuqlik tahlillarini tahlil qilish. | ||
Bemorlar kuratsiyasi va kasallik tarixini yozish. | Darsdan tashqari | ||
9 | Mashg‘ulot mavzusi | EKG olish. Standart, kuchaytirilgan va ko‘krak tarmoqlarida normal EKG. Bo‘lmacha va qorincha gipertrofiyasida EKG. EKG o‘qish. | 6
|
TMI | Yurakning o‘tkazuvchi tizimi. Standart, kuchaytirilgan va ko‘krak tarmoqlarida normal EKG. EKG o‘qish algoritmi. | 3 | |
Amaliy ko‘nikmalar | Normada va bo‘lmacha, qorincha gipertrofiyasida EKGni o‘qiy olish. | ||
10 | Mashg‘ulot mavzusi | Aritmiya va blokadalar. Xolter bo‘yicha EKG. Avtomatizm, qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik funktsiyasi buzilganda EKG. EKG o‘qish. | 6
|
TMI | Bo‘lmacha va qorincha ekstrasistoliyalari, paroksizmal taxikardiyalarda EKG. | 3 | |
Amaliy ko‘nikmalar | Aritmiya (ekstrasistoliyalar, paroksizmal taxikardiya, blokadalar)da EKGni o‘qiy olish. | ||
Jami | 50 |