20.03.2025 yil 8:00 da ТТА ko‘p tarmoqli klinikasi 9-binosining 4-qavat o‘quv xonasida davolash fakulteti 3-kurs 22-03b guruh talabalariga assistent Mirzaliyeva A.A. «Ichki kasalliklar propedevtikasi» intizomi doirasida “Ayiruv a’zolari bilan bemorlarni tekshirish va diagnostikasi. Asosiy shikoyatlar: og‘riq va dizuriya. Buyrak palpatsiyasi, Pasternatskiy simptomi. Zamonaviy laborator va instrumental tekshiruvlar. Umumiy siydik tahlili, patologik siydik cho‘kmasi. O‘tkir va surunkali piyelonefrit. Profilaktika. Davolash prinsipi. Umumiy siydik tahlilini o‘qish” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi. Ushbu dars talabalarni o’qitishda muhim bosqichga aylandi, bu ularga buyrak kasalliklarini tashxislash usullari to’g’risida bilimlarni chuqurlashtirishga va amaliy ko’nikmalarni mashq qilishga imkon berdi. Dars davomida buyraklarni tekshirishning asosiy usullari, instrumental va laboratoriya diagnostika usullari ko’rib chiqildi. Buyrak kasalligi bilan og’rigan bemorlarning shikoyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar mavzuga katta qiziqish bildirishdi, savollarga faol javob berishdi, taqdimotlar va interaktiv o’yinlar tayyorladilar, klinik holatlarni tahlil qildilar va o’z kuzatuvlari bilan o’rtoqlashdilar. Talabalar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlabgina qolmay, balki buyrak faoliyatini klinik baholashni ham to’g’ri bajarishni o’rgandilar.