Hozirgi kunda “ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedrasida quyidagi kurslarningo’quvmashg’ulotlari olib borilmoqda:
- Davolash fakultetining 2 va 3 kurslari
Davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlari birinchi kurs talabalari «Tibbiyot kasbiga kirish: terapevtik bemorlar umumiy parvarishi» fanidan tahsil olishmoqda. Bemorlar umumiy parvarishining dasturining vazifalari talabalargabemorlarni malakali parvarish qilish usullarini o’rgatish, tibbiy etika va deontologiyaning asosiy tamoyillari va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Kurs amaliy mashg’ulotlardan (6 akademik soat) va ma’ruzalardan iborat bo’lib,haftada 1 martao’tkaziladigan. Mashg’ulotlar kafedraning klinik bazasi bo’lgan TTA 1-sonli klinikalarida o’tkaziladi.
3-bosqichda Davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlari talabalari ichki kasalliklar propedevtikasi fanini o’rganadilar. Ushbu fanni o’rganish jarayonida talabalarda bemorni tekshirishda muhim klinik ko’nikmalar, klinik fikrlashning asoslari, shuningdek, tibbiy etika va deontologiya kabi muhim kasbiy ko’nikmalar shakllantiriladi. Kurs tarkibiga amaliy mashg’ulotlar va ma’ruzalar kiradi. Kursga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun Toshkent Tibbiyot Akademiyasi klinikasining 1-sonli terapevtik bo’limlarida amaliy mashg’ulotlar olib boriladi. OSKE va simulyatsiontrening elementlari faol ravishda amaliyotga tadbiqqilinadi. Kurs oxirida talabalar akademik kasallik tarixlarini himoya qilishadi va fan bo’yicha oraliq hamda yakuniy nazoratlardan o’tishadi.
Kafedra tarkibida diplomdan keying ta’lim yo’nalishi bo’yicha «Dietologiya» mutaxassisligida klinikordinatura va magistraturamavjud.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan o’quv materiallari (keyingi 5 yil ichida): «Ichki kasalliklar propedevtikasi», «Shifokor va bomor», «Tibbiyot kasbiga kirish» darsliklari, monografiyalar, 60 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar (tavsiyalar).